Moskva shahri Shcherbinskiy rayoni sudiga erkin kurash bo‘yicha murabbiy Alisheri Ismatzodani hibsga olish bo‘yicha ariza kelib tushgan. RTVI suv saytidagi ish materiallariga e’tibor qaratgan.
Undan bilish mumkinki, Ismatzoda terrorchilik faoliyatiga yordam berishda gumonlanmoqda (RF JK 205.1-moddasi, 1-qismi).
Rossiya sport kurashlari federatsiyasi RBK muxbiriga Alisheri Ismatzoda qo‘lga olinganini tasdiqlagan. «Bu ma’lumot bizni shokka tushirdi, ammo afsuski, shunday bo‘ldi», — degan nashr suhbatdoshi
Murabbiy aynan nimada gumonlanayotgani noma’lum.
Moskva meriyasi saytiga ko‘ra, Alisheri Ismatzoda 1992 yilda tug‘ilgan. U Moskvadagi 1-sonli o‘rta ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida murabbiylik qiladi. Maktabdagilar RBKga bu ma’lumotni tasdiqlashgan. Ismatzoda shuningdek sportning ushbu turi bo‘yicha Rossiya o‘smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo‘lgan qizlar) va Moskva o‘smirlar jamoasi (16 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar) murabbiyi sifatida ham ishlagan. TASSning aniqlik kiritishicha, Ismatzoda so‘nggi vaqtlarda erkin kurash bo‘yicha Rossiya yoshlar jamoasi murabbiyi vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.