Ukraina NATOga a’zolik o‘rniga harbiy yordam missiyasiga ega bo‘ladi

Jahon 10:30 / 01.07.2024 4017

Bu Ukraina xavfsizligini uzoq muddatli ta’minlash bo‘yicha alyansning majburiyati kafolati bo‘ladi va Kiyevning alyansga bo‘lajak a’zoligi uchun «ko‘prik» bo‘lib xizmat qiladi, deb yozadi The New York Times nashri bir nechta yuqori martabali mulozimlarga asoslanib.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Markaziy Yevropaning ayrim davlatlari 9-11 iyul kunlari Vashingtonda o‘tadigan NATO sammitida Kiyevga a’zolik bo‘yicha muzokaralar taklif etilishidan umidvor edi. Buning o‘rniga alyans Germaniyada uzoq muddat uchun barcha turdagi yordamlarni muvofiqlashtiruvchi missiya tuzish haqida e’lon qiladi, degan NATO va AQShning yuqori martabali shaxslari.

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur qadam Kiyevning ittifoqchilariga ham, g‘arb davlatlari urushni qo‘llashdan charchashini kutayotgan Moskvaga ham «kuchli signal» bo‘ladi.

Maxsus missiya yaratish g‘oyasi AQSh prezidenti Jo Bayden administratsyasiga tegishli. Shu yo‘l bilan alyans Kiyevga to‘laqonli a’zolik o‘rniga tosh bosa oladigan nimadir taqdim etmoqchi.

Yangi missiya Ukrainaga harbiy yordam taqdim etayotgan davlatlarning koalitsiyasi bilan birlashtiriladi. Endi tashabbus ittifoqchi davlatlarda ukarinalik harbiylarni tayyorlash, ikkitomonlama xavfsizlik kafolatlari kelishuvlarini imzolash va harbiy texnika va qurol-aslahalarni jo‘natishni o‘z nazoratiga oladi.

Missiya Germaniyaning Visbaden shahridagi AQSh harbiy obektida joylashadi, katta ehtimol bilan uni amerikalik general boshqaradi. U NATOning AQSh va Yevropadagi bevosita bosh rahbari general Kristofer Kavoliga bo‘ysunadi. 

Ko‘proq yangiliklar: