Profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi uchun onlayn to‘lov jarayonida texnik uzilishlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2024 yil 2 iyul soat 00:00dan 3 iyul soat 22:00gacha ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib boriladi.
Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmaydi.