Fransiyadagi parlament saylovlarida ultrao‘nglar g‘alaba qozonishdi

Jahon 09:50 / 01.07.2024 2609

Parlament saylovlarining birinchi turida ultrao‘ngchilarning «Milliy uyushma» partiyasi 34,2 foiz to‘plab birinchi o‘rinni egallagan, deb xabar beradi respublika ichki ishlar vazirligi.

Ikkinchi o‘rinda so‘l partiyalar kolitsiyasi «Yangi xalq fronti». Unga Jan Lyuk Melanshonning «Yengilmas Fransiya» (LFI), Sotsialistik partiya (PS), «Yevropa ekologlar va yashillar» (EEVL), Kommunistik partiya (PCF) va radikal antikapitalistik partiya birlashgan. Ular 29,1 foiz ovoz to‘plagan.

Emmanuel Makronning «Renessans» (Renaissance), Fransua Bayruning markazchilaridan iborat «Demokratik harakat» (Modem) va saobiq bosh vazir Eruard Filippning «Horizontlar» (Horizons) partiyalaridan iborat «Respublika uchun birgalikda» bloki 21,5 foiz to‘plagan.

Shunday qilib, birinchi turning dastlabki yakunlariga ko‘ra, «Milliy ubshma» parlamentdagi 577 ta o‘rindan 240–270 o‘rinni egallaydi va bu partiyaga nisbiy ko‘pchilikni taqdim etadi. «Yangi xalq fronti» so‘l kuchlar bloki 180–200 deputat o‘rnidan umid qilsa bo‘ladi. Makronning koalitsiyasi esa 160 ta o‘rnidan ajralgan va 60 tadan 90 tagacha joyga egalik qilishi mumkin.

Natijalar e’lon qilingach, «Milliy uyushma»ning sobiq rahbari Marin Le Pen prezident tarafdorlari ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qilib, saylovlarning ikkinchi turida ham o‘zlariga ovoz berishga chaqirdi. Siyosiy harakat yetakchisi Jordan Bardella o‘zlarining partiyasini qo‘llab-quvvatlagan fransuzlar qattiq o‘zgarishlar xohlashayotganini ta’kidladi. U bosh vazir bo‘lishni istayotgani va «Milliy uyushma»ga parlamentda mutlaq ko‘pchilikka ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etishni so‘radi.

«Milliy front» yetakchisi Melanshonning aytishicha, Fransiyaning hozirgi hukumati rahbari Gabriel Attal saylovlardan so‘ng o‘z lavozimini saqlab qola olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni Yevroparlamentga o‘tgan saylovlarda «Milliy uyushma» partiyasi prezident Emmanuel Makron tarafdorlari koalitsiyasidan ikki barobar ko‘proq ovoz to‘plab, g‘alaba qozongan edi. Makron shundan so‘ng parlamentni tarqatib yuborib, muddatidan avval yangi saylovlar belgilagandi.

Fransuzlar 30 iyun va 7 iyul kunlari ikki turda parlamentda ularning manfaatlarini ko‘zlovchi 577 deputat uchun ovoz berishlari kerak bo‘ladi.

Beshinchi respublika tarixida ilk marta saylovlar bu qadar qisqa muddatlarda o‘tkazilmoqda. Parlament tarqatilgach, partiyalar bor-yo‘g‘i uch hafta ichida nomzodlarini ilgari surib, saylovoldi tashviqotini o‘tkazishga majbur bo‘lishgan.

Shunisi e’tiborliki, saylovlarda davomat 69 foizni tashkil etgan va Fransiya uchun bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: