Toshkentda biznes hamkorlikni taklif qilib, o‘zganing 50 ming dollarini o‘zlashtirgan ayol ushlandi
Gumonlanuvchi jabrlanuvchi bilan Telegram’dagi guruhlarning birida tanishib, biznes hamkorlikni taklif qilgan. Aldov yo‘li bilan 50 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Toshkent shahrida yashovchi ayol E.N. ariza bilan murojaat qilib, o‘zining bank kartasidagi 50 ming dollari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi ayol T.M. sodir etganligi aniqlangan.
Unga ko‘ra, T.M. jabrlanuvchi E.N. bilan Telegram’dagi guruhlarning birida tanishib, unga biznes hamkorlikni taklif qilgan. Aldov yo‘li bilan 50 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va mazkur pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan M.I.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025