Ispaniya qurilish sektoriga O‘zbekistondan ishchilar jalb qilinishi mumkin

O‘zbekiston 13:41 / 29.06.2024 8659

O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov Ispaniya Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Pedro Fernandes Alen bilan muzokara o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, unda O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida tashqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va ushbu mamlakat qurilish sektoriga fuqarolarni ishga jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Pedro Fernandes Alenning aytishicha, O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijiy mamlakatlarda xavfsiz va tartibli mehnat faoliyatini olib borish uchun barcha imkoniyatlar yaratilganligi rivojlanayotgan davlatlarning ijobiy ko‘rsatgichlaridan biri hisoblanadi.

Quruvchilar milliy uyushmasi prezidenti Ispaniyada qurilish sohasida katta rejalar borligini, xususan 200 mingta davlat ko‘chmas mulk obektlarini barpo etish hamda ushbu binolarni qurish uchun 700 ming nafar ishchilarni jalb qilish ko‘zda tutilganini ma’lum qildi.

Muzokaralar yakunida ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: