Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokengash Yevroittifoqning yangi rahbarlarini tasdiqladi
Yevropa kengashi qaroriga ko‘ra, Ursula fon der Lyayyen, Antoniu Koshta va Kaya Kallas Yevropa Ittifoqidagi asosiy lavozimlarni egallaydi. Endi ularning nomzodlari Yevroparlament tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Foto: Reuters
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari 27 iyun, payshanba kuni kechqurun Bryusseldagi sammitda ittifoq asosiy institutlarining yangi rahbarlariga ovoz berdi. Ovoz berish natijasida Ursula fon der Lyayyen Yevrokomissiya raisi bo‘lib qoladi, Yevropa kengashiga Portugaliyaning sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta, Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat xizmatiga esa Estoniya bosh vaziri Kaya Kallas rahbarlik qiladi.
Ularning nomzodlarini ma’qullash uchun kengaytirilgan malakali ko‘pchilik deb ataluvchi vakillarning qo‘llab-quvvatlashi zarur edi. Bunga bir vaqtning o‘zida ikkita shartni bajarish orqali erishiladi: 27 a’zo davlatdan Yevropa Ittifoqi aholisining kamida 65 foizini tashkil qiluvchi 20 tasi (72 foiz) taklif uchun ovoz berishi kerak.
Ukrainadagi urush, Yevropa Ittifoqining mudofaa va xavfsizlik masalasi hamda Yaqin Sharqdagi mojaro muhokamasidan so‘ng, yetakchilarni tanlashga oid mavzu kun tartibining eng quyi qismiga ko‘chirilgani uchun intriga sammitning birinchi kunining oxirigacha saqlanib qoldi.
Bundan oldin Bryusselda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni nomzodlarni ko‘rsatish jarayoniga jalb etilmaganidan norozi ekani ma’lum bo‘lgan edi. Nazariy jihatdan, u fon der Lyayyen, Koshta va Kallasga qarshi ovoz berishi mumkin edi, ularning nomzodlari bitta paketda ovozga qo‘yilgan. Corriere della Sera ma’lumotiga ko‘ra, u har bir nomzod bo‘yicha ovoz olishni va faqat fon der Lyayyenga ovoz berishni maqsad qilgan.
Keyingi bosqich: Yevroparlamentda ovoz berish
Endi bo‘lajak liderlar yana bir to‘siqni yengib o‘tishi kerak: yangi Yevropa parlamenti ularning nomzodlarini va yangi Yevropa komissarlarini tasdiqlashi kerak. 720 o‘rinli yangi parlamentda 190 o‘ringa ega bo‘lgan Yevropa Ittifoqining eng yirik siyosiy bloki bo‘lgan Yevropa xalq partiyasi aksariyat deputatlari fon der Lyayyenni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda, ammo u boshqa partiyalar va Yevroparlament deputatlari yarmidan ko‘pi qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘ladi.
Yangi chaqiriq Yevropa parlamentining birinchi sessiyasi 16-19 iyul kunlari Strasburgda bo‘lib o‘tadi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

13:35 / 01.07.2025
Yevroittifoq Ukraina uchun agromahsulotlar importini yengillashtiradi

10:14 / 20.06.2025
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi

11:22 / 17.06.2025
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uchun sanksiyalarni uzaytirdi

11:49 / 26.05.2025