Turnir guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida Gurjiston Portugaliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.
«Gruziya orzusi» partiyasi asoschisi va faxriy raisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Bidzina Ivanishvili milliy jamoani g‘alaba bilan tabrikladi. Partiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, jamoaga 30 mln lari (taxminan 10 mln yevro) o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, milliarderning tashabbusi bilan 1/8 final bahsiga ham mukofot puli qo‘yilgan — agar Ispaniya mag‘lub etilsa, jamoa qo‘shimcha yana 10 mln yevro oladi.