Chorsu bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri va 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.
Bugun, 28 iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan Chorsu bozori hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 01:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:22 da qurshab olingan va yong‘in soat 02:47 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Hodisa joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan.
Hodisa joyida favqulodda vaziyatlar vaziri va tegishli tashkilotlar rahbarlari o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025