Farg‘onada “Lasetti”ning gazballoni portladi

Jamiyat 15:26 / 27.06.2024 6947

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida to‘xtab turgan “Lasetti”ning gazballoni portlab ketgan. Viloyat FVB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 27 iyun kuni soat 11:40 larda sodir bo‘lgan.

Rishton tumani, “Markaz” MFY hududidagi dehqon bozori oldida turgan “Lasetti” mashinasining metan gazballoni portlab ketgan.

Portlashdan so‘ng yong‘in yuz bergan va mashina yonib ketgan. Portlash vaqtida mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Birlamchi ma’lumotga ko‘ra portlash oqibatida mashina atrofidagi shaxslar turli darajada tan jarohati olgan.

Yong‘in Rishton tumani FVB yong‘inga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘chirilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: