Qashqadaryoda YTH sodir etib odam o‘limiga sabab bo‘lgan Lacetti qochib ketdi

Jamiyat 13:17 / 26.06.2024 13265

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida odam urib yuborgan Lacetti haydovchisi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2024 yil 25 iyun kuni soat 21:20 larda Qamashi tumani Qoratepa MFYda sodir bo‘lgan.

Noma’lum haydovchi oq rangli Lacetti bilan Qoratepa qishlog‘i hududidagi ichki yo‘lda harakatlanayotib velosipedda ketayotgan 37 yoshli B.E.ni urib yuborgan va voqea joyidan qochib ketgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan B.E. boshqalar tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Shifokorlarning yordamiga qaramay u vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: