Iteca Exhibitions – bahorgi ko‘rgazma tadbirlarining ajoyib natijalari!

O‘zbekiston 11:43 / 26.06.2024 1600

O‘tgan xalqaro ko‘rgazmalar orasida UzBuild, BuildTech, AgroWorld Uzbekistan, UzFood, O'ZuPACK, TIHE, PharmExpo Central Asia, Stomatology Uzbekistan, OGU, Power Uzbekistan, GETCA, UzTextileExpo Spring, MebelExpo Uzbekistan tadbirlarini hisobga olgan holda, ularning har biri tegishli sohaning tan olingan flagman tadbirlari deb hisoblanadi. Bular qatorida qurilish, agrar sanoati, oziq-ovqat sanoati, sog‘liqni saqlash, neft va gaz, energetika, to‘qimachilik va mebel sanoatidir. Keltirilgan ko‘rgazmalarda ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning mazmuni, tarkibi va geografiyasi kengayishini hisobga olgan holda ushbu tadbir so‘nggi yutuqlar, innovatsion ishlanmalar, tajriba almashish va yangi hamkorlarni topish uchun ilg‘or platformaga aylandi.

Ko‘rgazmalarning biznes tarkibiy qismi bo‘lgan tarkibni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston energetika haftaligi, uchta xalqaro anjuman (qurilish, neft-gaz va energetika sohasida), sakkizta ixtisoslashtirilgan seminar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar bilim va eng yaxshi amaliyotlar orqali noyob imkoniyat yaratib, dunyoning eng yaxshi ekspertlari va mutaxassislarini birlashtirdi. Muhokamalar turli sohalarning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, keng ko‘lamli mavzularni qamrab olgan va ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan bo‘ldi. Spikerlar (o‘z sohasining taniqli ekspertlar) o‘z tushunchalarini taqdim etdilar.

Ushbu amaliyot stend taqdimotlari va mutaxassislar o‘rtasidagi muloqotning sinergiyasini kuchaytirdi, tarmoq yaratish, qaror qabul qiluvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini kengaytirdi.

Bahorgi ko‘rgazma mavsumi yakunlari bo‘yicha statistika katta taassurot qoldirmoqda. Umuman olganda, bahor mavsumidagi xalqaro ko‘rgazma va anjuman ishida 85 000 dan ortiq mutaxassislar ishtirok etdi, shu jumladan dunyoning 47 mamlakatidan 2412 kompaniya eksponent, 89 ma’ruzachi va 2065 delegat, 75 mamlakatdan 73 981 tashrifchi ishtirok etdi.

Ishtirok etish va tashrif buyurishning yuqori ko‘rsatkichi Iteca Exhibitions kompaniyasining O‘zbekiston ko‘rgazma sanoatida yetakchi mavqeini egallab turganini yana bir bor tasdiqladi.

Tashkil etilgan ko‘rgazmalar va anjumanlar mamlakatning ishbilarmonlik faoliyati va innovatsiyalar markazi sifatidagi obro‘sini mustahkamlashda ijobiy rol o‘ynadi. Bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston poytaxtiga ishbilarmonlar va investorlar, biznes-turistlarni jalb qilib, infratuzilmani rivojlantirish va turizm daromadlarining o‘sishini rag‘batlantirdi.

Bahorgi ko‘rgazma mavsumi yakunlari texnologik taraqqiyotni jadallashtirish, tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish va ishlab chiqarishga ilg‘or ishlanmalarni joriy etishda ko‘rgazmalarning roli muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi. Minglab ishtirokchilarni jalb qilish infratuzilma va texnologiyalarni rivojlantirishga investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

Aynan shu rol O‘zbekiston iqtisodiyoti va sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida juda dolzarb bo‘lib, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksportni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, texnologiyalar transferi va mamlakat imidjini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ko‘rgazmalar orqali O‘zbekiston jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish, o‘z tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va aholi farovonligini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Iteca Exhibitions kompaniyasi o‘z mahsulotlari va xizmatlarini keng auditoriyaga, shu jumladan potensial investorlar va mijozlarga namoyish qilish uchun qulay sharoitlarni taklif qilish orqali o‘zining yetakchi obro‘sini mustahkamlashda davom etmoqda.

Barcha manfaatdor tomonlarni 2024 yilning ikkinchi yarmida kompaniyaning ko‘rgazma tadbirlariga qo‘shilishga taklif qilamiz.

Bo‘lajak Iteca Exhibitions tadbirlari haqidagi barcha ma’lumotlar bu yerda mavjud: https://iteca.uz/uz/calendar-of-evens

Yangiliklarni kuzatib boring va kuzgi ko‘rgazma mavsumining muhim lahzalarini o‘tkazib yubormang!

Biznesingiz butun olam bilan aloqada!

www.iteca.uz       Tel. 71 205 18 18

Ko‘proq yangiliklar: