Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim maktablar xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi
2024 yil 1 sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 sentabrgacha:
- ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. Bunda, O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda o‘qitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda o‘rgatilishiga alohida e’tibor qaratiladi;
- ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi;
- har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:
- o‘quv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari bo‘yicha tashkil etiladi;
- qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;
- ta’lim jarayoni o‘quvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;
- o‘quvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.
2024-2025 o‘quv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari o‘tkaziladi.
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘quvchi-sportchilari O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etadi.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika bo‘yicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi.
2024 yil 1 sentabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

13:07 / 23.07.2025
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlariga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

08:10 / 09.07.2025
Badiiy akademiya xodimlari uchun oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilandi

10:05 / 16.06.2025
Chet tilida ayrim maxsus fanlarni o‘qitgan o‘qituvchilar 100 foizgacha ustama olishi mumkin

09:49 / 23.05.2025