Yevro-2024. Italiya 90+8-daqiqadagi gol bilan Xorvatiyani guruhda qoldirib ketdi, Ispaniyada 100 foizlik natija

Sport 02:12 / 25.06.2024 3222

Yevropa chempionatida V guruhida 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 

Xorvatiya (2) Italiyaga (4) qarshi dramatik o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqarib, musobaqa bilan xayrlashdi. 54-daqiqada penaltidan foydalana olmagan Modrich bir daqiqa o‘tar-o‘tmay gol urdi va Yevrolarda to‘p kiritgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi (38 yosh 239 kun). Ammo 90+8-daqiqada Zakkani muvozanatni tiklab, «moviy gvardiya»ni 2-o‘rin bilan pley-offga olib chiqdi. Italiya 1/8 finalda Shveytsariya bilan o‘ynaydi. 

Ispaniya (9) esa Ferranning goli evaziga Albaniyadan (1) ustun kelib, guruh bosqichini 100 foizlik natija bilan yakunladi.

Yevro-2024. V guruhi. 3-tur. 24 iyun

Xorvatiya — Italiya 1:1
Gollar:
Modrich (55) — Zakkani (90+8). 
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Modrich (54). 
Xorvatiya – Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Gvardiol, Modrich (Mayer, 80), Kovachich (Ivanushets, 70), Brozovich, Pashalich (Budimir, 46), Suchich (Perishich, 70), Kramarich (Yuranovich, 90)
Italiya – Donnarumma, Di Lorenso, Darmian (Zakkani, 81), Bastoni, Kalafiori, Dimarko (Keza, 57), Jorjinio (Fajioli, 81), Barella, Pellegrini (Frattezi, 46), Raspadori (Skamakka, 75), Retegi.
Ogohlantirishlar: Suchich (24), Modrich (60), Ivanushets (73), Pongrachich (78), Stanishich (82), Brozovich (90+1), Kalafior (90+3), Fajioli (90+6). 

Albaniya — Ispaniya 0:1
Gol:
Torres (13).
Albaniya – Strakosha, Baliu, Jimsiti, Ayyeti, Mitay, Lyachi (Berisha, 70), Bayrami (Xoja, 70), Ramadani, Aslani, Asani (Muchi, 81), Manay (Broya, 59).
Ispaniya – Rayya, Navas, Laport (Le Norman, 46), Vivian, Grimaldo, Merino, Olmo (Baena, 84), Subimendi, Oyarsabal (Fermin Lopes, 62), Ferran Torres (Yamal, 71), Xoselu (Morata, 72).
Ogohlantirishlar: Bayrami (66), Berisha (89), Vivian (90).

Ko‘proq yangiliklar: