Qonunchilik palatasi chet el fuqarolarini nomaqbul deb topuvchi qonunni qabul qildi

O‘zbekiston 12:17 / 25.06.2024 10792

Qonunchilik palatasi deputatlari chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish asoslari va tartibini belgilovchi qonun loyihasini uchinchi o‘qishda qabul qildi

Qonun loyihasi bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi asosida ishlab chiqilgan. U «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.

U bilan O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqining sha’ni, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi mazmundagi ommaviy chiqishlar qilish yoxud harakatlar sodir etish shaxsni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishini nomaqbul deb topish uchun asos bo‘lishi belgilanmoqda.

Shuningdek, mazkur toifadagi chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga besh yil davomida O‘zbekistonga kirish, banklarda hisobvaraq ochish, ko‘chmas mulk sotib olish, davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etish, moliyaviy va shartnomaviy munosabatlarga kirishishni taqiqlash taklif etilmoqda. Qonun loyihasida mamlakatda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan shaxslarni deportatsiya qilish asoslari va tartibi ham nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: