Chiqindi xizmati uchun to‘lovni hisoblashdagi xatolik uchun fuqarolarga ma’naviy zarar qoplab beriladi

O‘zbekiston 08:00 / 25.06.2024 10604

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Qonun loyihasida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks, “Chiqindilar to‘g‘risida”gi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonunda sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi xizmatlari uchun to‘lovlarni hisoblashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun fuqarolarning xarajatlari va ma’naviy zararni qoplab berilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonun 52-moddasida davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida xususiy sherikka muddatli bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan berilgan maxsus avtotransport vositalari va texnikalarni “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining qarzdorliklari bo‘yicha xatlovga olish, uchinchi shaxslarning oldidagi qarzdorliklar uchun taqiqqa olish hamda undiruvga qaratish mumkin emasligi belgilanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: