O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-may oylarida 162 ming 608 dona avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda «O‘zavtosanoat» AJ tayyorlagan hisobotda keltirib o‘tilgan.
Hisobot davridagi ishlab chiqarishning brendlar kesimidagi ulushi quyidagicha:
- UzAuto Motors – 144 ming 822 dona (umumiy ishlab chiqarilgan avtomobillarning 89 foizi);
- ADM Jizzakh – 11 ming 663 dona (7,2 foiz);
- BYD Uzbekistan Factory – 5 ming 654 dona (3,5 foiz);
- Jizzakh Auto – 200 dona (0,1 foiz);
- SamAuto – 137 dona (0,1 foiz);
- AsakaMotors – 132 dona (0,1 foiz).
Ma’lumot uchun, 2023 yilda O‘zbekiston yengil avtomobillar bozori hajmi 456 ming 347 donani tashkil etgan. Shundan UzAuto Motors hissasiga 4 mlrd 852 mln dollarlik 369 ming 999 dona avtomobil, ADM Jizzakhʼga 823 mln dollarlik 25 ming dona avtomobil to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 2023 yilda 291 mln dollarlik 8 ming 948 dona BYD avtomobili, 1 mlrd 197 mln dollarlik 50 ming 435 dona boshqa rusumdagi avtomobillar import qilingan.