Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat armiyasining birlashgan kuchlari qo‘mondoni Yuriy Sodolni ishdan bo‘shatganini ma’lum qildi. U 2024 yil 11 fevraldan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
«Men Ukraina Qurolli kuchlari birlashgan kuchlari qo‘mondoni general-leytenant Yuriy Sodolni brigada generali Andrey Gnatov bilan almashtirishga qaror qildim», dedi Ukraina prezidenti kechki murojaatida.
Zelenskiy iste’fo va tayinlov sabablariga oydinlik kiritmadi.
Andrey Viktorovich Gnatov - ukrainalik ofitser, brigada generali, shtab boshlig‘i - Ukraina Qurolli Kuchlari quruqlikdagi kuchlari «Janub» tezkor qo‘mondonligi qo‘mondoni o‘rinbosari (2022), sobiq shtab boshlig‘i (2016-2018) va 36-alohida dengiz piyodalari guruhi qo‘mondoni (2018-2021).