Yevro-2024. Germaniya 90+2-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib pley-offga peshqadam sifatida chiqdi, Vengriya 90+10-daqiqadagi gol evaziga Shotlandiyani mag‘lub etdi

Sport 02:12 / 24.06.2024 3337

Yevro-2024 A guruhi 3-tur bahslari o‘tkazilib, pley-offga yo‘llanma olgan ikki jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

Mezbon Germaniya Shveytsariyaga qarshi bahsda 90+2-daqiqagacha mag‘lubiyatga uchray turib, zaxiradan maydonga tushgan Fyullkrugning goli evaziga durangga erishdi – 1:1. Bu esa nemislarga keyingi bosqichga guruh peshqadami sifatida chiqishini ta’minladi.

Shotlandiya va Vengriya o‘yinida esa hisob 90+10-daqiqada vengriyaliklar futbolchisi Chobot tomonidan ochildi va g‘alaba goliga aylandi. Shu tariqa, Vengriya 4 ochko bilan 3-o‘ringa chiqib, pley-offga chiqish uchun imkoniyatni saqlab turibdi. Shotlandiya 4-o‘ringa tushib, turnir bilan xayrlashdi.

Yevro-2024. 3-tur. A guruhi.

Shveytsariya – Germaniya 1:1

Gollar: 1:0 – 28 Ndoyye, 1:1 – 90+2 Fyullkrug.

Shveytsariya – Zommer, Vidmer, Rodriges, Sher, Akandji, Ebisher, Djaka, Froyler, Rider (Vargas, 65), Ndoyye (Amduni, 65), Embolo (Dua, 65).

Germaniya – Noyyer, Ryudiger, Ta (Shlotterbek, 61), Mittelshtedt (Raum, 61), Kroos, Gundo‘g‘an, Andrix (Bayyer, 65), Virts (Sane, 76), Kimmix, Xaverts, Musiala (Fyullkrug, 76).

Ogohlantirishlar: Ndoyye (25), Ta (38), Djaka (67), Vidmer (81).

Shotlandiya – Vengriya 0:1

Gol: Chobot, 90+10.

Shotlandiya – Gann, Ralston (Maklin, 83), Xenli, Makkenna, Xendri, Roberson, Makgregor, Makginn (Armstrong, 76), Maktominey, Gilmor (Kristi, 83), Adams (Shenklend, 76).

Vengriya – Gulachi, Bolla (Nad, 86), Orban, Botka, Dardai (Salai, 74), Kerkez (Chobot, 86), Staylz (Nad, 61), Shallai, Soboslai, Shafer, Varga (Adam, 74).

Ogohlantirishlar: Staylz (18), Orban (26), Shafer (44), Maktominey (50), Klyaynxaysler (75).

Guruh jadvali: 

Ko‘proq yangiliklar: