Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
Ilya Gorbunov va media-menejer Kirill Metelev qo‘lga olinishi Yevgeniy Prigojinning Moskvaga yurishi boshlangani bir yilligi munosabati bilan sodir bo‘ldi.

Foto: OVCHINNIKOVA IRINA / SHUTTERSTOCK
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin bilan aloqador bo‘lgan «Patriot» media-holdingining sobiq top-menejeri Ilya Gorbunov va «Konkretno.ru» bosh muharriri Kirill Metelev Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi. Bu haqda 23 iyun, yakshanba kuni Rossiya OAV huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi. «Izvestiya» gazetasi suhbatdoshi ularning ushlanishi Prigojinga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Bundan tashqari, manbaning aniqlik kiritishicha, Gorbunov hibsda saqlanmoqda.
«Fontanka»ning yozishicha, Gorbunov va Metelev tovlamachilikda ayblanmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, media-menejerlar «Sankt-Peterburg» telekanalining sobiq bosh direktori Aleksandr Malkevichdan pul undirishgan. U Sankt-Peterburg gubernatorining maxsus vakili lavozimini egallaydi.
Gorbunov chet el valutasi bilan firibgarlik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi, deb xabar beradi 78.ru.
Gorbunov, Metelin va Malkevich Prigojin uchun ishlagan
Ilya Gorbunov «Komsomolskaya pravda» va RIA «Novosti» agentligida ishlagan. 2019 yilda u «Patriot» media-guruhini boshqargan, 2020 yilda esa Prigojin media-imperiyasining «trollar fabrikasi» va Telegram-kanallarini boshqarishga o‘tgan.
«Konkretno.ru» nashri bosh muharriri Kirill Metelev «Operativnoye prikrytiye» xususiy qo‘riqlash korxonalari jurnalining hammuassisi va «Versiya v Pitere» gazetasining noshiri edi. «Fontanka» ma’lumotlariga ko‘ra, u Prigojin bilan bog‘liq loyihalarda ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.
Malkevich 2020-2023 yillarda «Sankt-Peterburg» telekanalini boshqargan. Bungacha u Prigojinning «Patriot» media-guruhi tarkibiga kiruvchi «Federalnoye agenstvo novostey» shu’ba loyihasi - USA Really saytini boshqargan. Ukrainada urush boshlanganidan keyin Malkevich egallab olingan hududlarda telekanallar yaratishda faol ishtirok etdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londondagi "Sautend" aeroporti samolyot falokatidan keyin yopildi
Jahon | 14:59
-
"O‘tkan kunlar" romani koreys tiliga tarjima qilindi
Jamiyat | 14:58
-
Fransiya mudofaa budjetini tezlashtirilgan sur’atda oshiradi
Jahon | 14:47
-
Surxondaryoda uchta yangi sayyohlik markazi barpo etiladi
O‘zbekiston | 14:44
Mavzuga oid

14:11 / 04.07.2025
Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

19:55 / 09.06.2025
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi

18:19 / 04.06.2025
Sankt-Peterburgdagi reydda 200 nafardan ortiq migrant qo‘lga olindi

15:08 / 24.03.2025