O‘zbekistonda besh oyda qancha qurilish ishlari bajarilgani aytildi 

O‘zbekiston 07:42 / 24.06.2024 2951

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 59,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,2 foizga oshgan.

2024 yilning 1 iyun holatiga O‘zbekistonda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar soni 31 085 taga yetgan.

Qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlarning 7 110 tasi Toshkent shahrida joylashgan.

Ko‘proq yangiliklar: