Britaniyaning turli aviakompaniyalar va aeroportlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganishga ixtisoslashgan Skytrax konsalting kompaniyasi eng yaxshi aviakompaniyalarning yangi reytingini taqdim etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
1993 yilda tashkil etilgan Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi reytingda g‘olib bo‘ldi. Skytrax bosh direktori Edvard Playsted: «Qatar Airways 2024 yil g‘olibi bo‘ldi, bu sakkizinchi marta sodir bo‘lmoqda», dedi.
Baholash 100 ta davlatdan 21 milliondan ortiq mijoz o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovga asoslangan. Ma’lumki, Qatar Airways aviaparki 230 ta samolyotdan iborat. U, jumladan, ulkan Airbus A380 samolyotlari va eng yangi Airbus A350 va Boeing 787 samolyotlarini o‘z ichiga oladi.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Singapurning Singapore Airlines, uchinchi o‘rinni Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates aviakompaniyasi egalladi.
Skytrax reytingidagi yigirmata eng yaxshi aviakompaniya qo‘yidagicha:
- Qatar Airways (Qatar);
- Singapore Airlines (Singapur);
- Emirates (BAA);
- ANA All Nippon Airways (Yaponiya);
- Cathay Pacific (Hongkong);
- Japan Airlines (Yaponiya);
- Turkish Airlines (Turkiya);
- EVA Air (Tayvan);
- Air France (Fransiya);
- Swiss International Air Lines (Shveytsariya).
- Korean Air (Janubiy Koreya);
- Hainan Airlines (Xitoy);
- British Airways (Buyuk Britaniya);
- Fiji Airways (Fiji);
- Iberia (Ispaniya);
- Vistara (Hindiston);
- Virgin Atlantic (Buyuk Britaniya);
- Lufthansa (Germaniya);
- Etihad Airways (BAA);
- Saudi Arabian Airlines (Saudiya Arabistoni).