Armiyaga qo‘shilayotgan ukrainalik mahbuslar va «jayra»ga aylangan rus tanklari. Urush suratlari

Jahon 16:22 / 24.06.2024 19452

Ukrainada urushning 851-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • 24 iyun kuni Ukraina qurolli kuchlarining anneksiya qilingan Sevastopolga raketa zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. 150 dan ortiq kishi yaralangan.
  • «Kalibr» rusumli ikki raketa Kiyev oblasti uzra urib tushirilgan, ikki kishi jarohatlangan.
  • Belgorod oblastining Grayvoron shahrida kamikadze dron zarbasi oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi yaralangan.
  • Rossiya Xarkivga boshqariluvchi aviabombalar bilan hujum qildi, bir kishi halok bo‘lgan, yaralanganlar ham bor.

Sevastopol bo‘ylab raketa zarbasi

23 iyun kuni kunduzi RF mudofaa vazirligi ukrain qo‘shini anneksiya qilingan Sevastopolga «Amerikaning kassetali o‘q-dorilarga ega ATACMS raketalari» bilan hujum qilgani haqida xabar berdi. Harbiy idora tarqatgan xabarda aytilishicha, to‘rtta raketa urib tushirilgan. Yana bir raketa «havo hujumidan mudofaa vositalari ta’siri oqibatida yakuniy bosqichda parvoz trayektoriyasidan chetga og‘ib ketgan va shahar ustida portlagan». Raketa qoldiqlari shaharning turli qismlariga, jumladan plyajga ham tushgan, deyiladi anneksiya qilingan shahar ma’muriyati xabarida.

24 iyun kuni tongidagi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan, shundan ikki nafari bolalar, 153 kishi jarohatlangan. Anneksiya qilingan shahar ma’muriyati rahbari Mixail Razvojayev o‘ziga RF prezidenti Vladimir Putin telefon qilgani, qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga barcha zarur yordamlar ko‘rsatilishini va’da qilganini aytgan. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Putin Sevastopolga zarba va Dog‘istondagi teraktlar yuzasidan chiqish qilishi rejalashtirilmagan.

Konstantin Mixalchevskiy / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Xarkiv bo‘ylab aviazarba

Rossiya qo‘shini 23 iyun kuni kunduzi Xarkiv bo‘ylab uchta boshqariluvchi aviabomba tashladi. Region rahbari Oleg Sinegubovning ma’lum qilishicha, 12 kishi jarohatlangan, shundan ikki nafari voyaga yetmagan bolalar, bir kishi — 73 yoshli kishi halok bo‘lgan.

Aviazarba Xolodnogorsk rayonidagi turar joyni vayron qilgan
Anadolu / Getty Images
Xarkiv shahri meri Igor Terexov xabar berishicha, xususiy uylardan birida aviazarba oqibatida bir kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan
Anadolu / Getty Images

Urush davridagi ukrain mahbuslari

May oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarda ayblanib qamalganlarni harbiy xizmatga qabul qilishga ruxsat beruvchi farmonini imzolagandi. Ukraina hukumati ma’lum qilishicha, bir necha ming mahbus Ukraina qurolli kuchlari safiga qo‘shilish istagini bildirgan, jazoni o‘tayotganlardan 2750 nafardan ortig‘i esa allaqachon harbiy xizmatga yo‘l olgan.

Ukraina hukumati qamalganlarni harbiy xizmatga qabul qilish Rossiyada tarqalgan mahbuslarni yollash amaliyotidan jiddiy farq qilishini alohida qayd etgan. «Bizda yarim harbiylashgan guruhlar emas, bizda doimiy qurolli kuchlar. Bizda yaxshi ijtimoiy himoya tizimi yo‘lga qo‘yilgan, ular — ular Rossiyadagi kabi yarim harbiylashgan tuzilmalar vakillari emas, balki munosib, klassik askarlar. Qolaversa, bizda ko‘ngilli sxema, biznikilarni hech kim majburlamaydi, Rossiyada esa majbur qilishadi. Manyaklar, seriyali qotillar bunda ishtirok etishga qabul qilinmaydi, Rossiyada esa qabul qilinadi. Biznikilar vatanparvarlik ishtiyoqiga ega. Farq juda ulkan», — degan Ukraina adliya vaziri Denis Malyuska. 

DW nashri yozishicha, xizmat qilishga qaror qilganlar orasida xarkivlik 36 yoshli bo‘yoqchi Oleksandr B. ham bor, u safarbarlikdan bosh tortgani uchun uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgandi. Uning advokatining so‘zlariga ko‘ra, Oleksandrga xizmat qilishga ruxsat berishgan, u hozirda mashg‘ulot markazida tayyorgarlikdan o‘tmoqda.
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Harbiy xizmatga kirishi munosabati bilan qamoqxonadan ozod etilgan va allaqachon mashg‘ulot markazida tayyorgarlik ko‘rishni boshlaganlar orasida — 28 yoshli Dmitro ham bor. U o‘g‘irlik uchun 4,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va harbiy xizmatga kirishga qaror qilgan vaqtida uning jazosining o‘talmagan qismi 3 yil-u 1 oyni tashkil etayotgandi. Dmitroning rafiqasi va ikki nafar yosh farzandi 2022 yil iyulida Xarkivga rossiyaliklar yo‘llagan navbatdagi aviazarba oqibatida halok bo‘lishgan.
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Og‘ir jinoyatlarda ayblanib qamalganlar, masalan, ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ldirganlar, jinsiy zo‘ravonlik qilganlar, terrorchilik yo‘nalishidagi jinoyatlarni sodir etganlar, Ukraina xavfsizligi asoslariga qarshi jinoyat qilganlar, jinsiy erkinlik va jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyat qodir etganlar, shuningdek o‘ta yirik korrupsiya jinoyatlarida ayblanganlar harbiy xizmatga qabul qilinmaydi. 41 yoshli Sergey Ivashchenko, o‘zining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari safida xizmat qilishni istaydi, ammo uni xizmatga qabul qilishmayapti — u internetda voyaga yetmaganlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirgani uchun jazo o‘tamoqda
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlariga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan mahbuslarning barchasi ham bunga tayyor emas. Xususan, cherkasslik 21 yoshli arxeolog talaba, giyohvand moddalar tarqatgani uchun qamalgan Igor Ts., DW jurnalisti bilan suhbatda unda «muayyan xavotirlar» borligini tan olgan. «Qanday sharoitlar borligi va keyin nima bo‘lishini yaxshiroq bilishni istardim. Ko‘ramiz, birinchi safarbarlik to‘lqini bilan nima bo‘larkin, keyin esa shu tajriba asosida qaror qabul qilaman», — degan u. Igor koloniyada mudofaa inshootlari qurishda ishlatiladigan «ajdaho tishlari» tayyorlaydi va 2025 yildayoq shartli ravishda ozodlikka chiqishidan umid qilmoqda
Oksana Parafeniuk / The Washington Post / Getty Images

Rossiya tanklari dronlardan himoyalanishi

Rossiyalik harbiylar o‘z zirhli texnikalarni raqib dronlaridan himoyalashga urinib, tanklar ustiga qo‘lbola konstruksiyalar o‘rnatmoqda. Dronlardan himoya vositalari o‘rnatilgan T-80 tanklarini rossiyalik harbiylar «shoh mangal» deb atashadi, ukrainaliklar — «zirhlangan saroy». Dronlardan himoyalovchi temir panjaralar T-72 tanklari ustiga ham o‘rnatilmoqda, Rossiya nashrlari va harbiy muxbirlar uni «jayra» deb atashadi.

Rossiya dronlardan himoyalangan T-72 tanki Xerson oblastida
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Bu T-72 «Dnepr» qo‘shinlar guruhiga mansub
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Rossiyalik harbiylar dronlardan qo‘lbola himoyani T-62 tanklariga ham o‘rnatmoqda. Shunday tanklardan biri — bortida «Xudo biz bilan» yozuvi bori — Ukraina qurolli kuchlari tomonidan Donetsk oblastida o‘lja qilib olingan
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiyaning dronlardan himoyaga ega T-80 tanki Xarkiv oblasti Kupyansk shahri atrofidagi front chizig‘i yaqinida
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Xarkiv oblastida RF qo‘shini tanklardan Vovchanskni shturm qilishda foydalanmoqda. Ammo, ukrainalik harbiylar aytganidek, bu shahar uchun janglarda zirhli texnikalarni qo‘llash deyarli foydasiz — uni tezda dronlar yo‘q qiladi
Aleksandr Reka / TASS / Profimedia
Ko‘proq yangiliklar: