Surxondaryoda yo‘l harakati qoidalarini buzib, inson o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi bor-yo‘g‘i 1,5 yilga qamaldi
Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib odam o‘limiga sababchi bo‘lish) 7 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yo‘l harakati qoidalarini buzib, “Kamaz” yuk mashinasini boshqargan va YTH sodir etib, inson o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi.
“Zamon” dasturida berilgan videolavhada aytilishicha, hodisa 2024 yil 16 mart kuni soat 10:40 larda sodir bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida yashovchi 31 yoshli haydovchi yuk mashinasi bilan Termiz tumanidan o‘tuvchi M-41 va M39 avtomobil yo‘llari kesishgan chorrahada svetoforning ogohlantiruvchi chirog‘iga qaramay yo‘lida davom etgan.
Shunda yuk mashinasi o‘z yo‘lidan kelayotgan “Damas” mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda “Damas” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va haydovchi protsessual tarzda qamoqqa olingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilgan. U jabrlanuvchining oila a’zolariga yetkazilgan moddiy zararning qoplangani inobatga olinib, 1 yil 6 oy ozodlikdan mahrum etilgan.
Shuningdek, haydovchi bir yil muddatga (!) barcha turdagi transport vositalarini boshqarishdan mahrum etilgan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzib odam o‘limiga sababchi bo‘lish) 7 yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.
Avvalroq, xuddi shu modda bilan ayblangan Zomin tumanida yashovchi talaba Yoshlar ishlari agentligi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilingandi.
O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzib, odam o‘limiga sababchi bo‘layotgan haydovchilarning yetarlicha jazo olmasligi holatlari jamoatchilikning e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.
Biroq mutasaddilar odam o‘limiga sabab bo‘lgan qoidabuzarlar uchun jazoni keskinlashtirish o‘rniga, sudlarda ularga juda yengil jazo tayinlanmoqda. Jizzaxdagi va Surxondaryodagi holatlar bunga yaqqol dalil.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
-
Osiyo Kubogi U-17. Turnirining eng yaxshilari aniqlandi
Sport | 23:40 / 20.04.2025
-
Sobiq deputat Rasul Kusherbayev IIB chaqirildi
O‘zbekiston | 23:01 / 20.04.2025
-
Fantastik final. O‘zbekiston o‘smirlari 9 kishi bo‘lib o‘ynab Osiyo chempioniga aylandi
Sport | 22:03 / 20.04.2025
Mavzuga oid

11:34 / 23.02.2025
Surxondaryoda Captiva piyodalar yo‘lakchasida urib yuborgan fuqaro halok bo‘ldi

09:16 / 29.09.2024
Termizda yopiq temiryo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lgan Gazel poyezd tagida qoldi

16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi

15:50 / 27.07.2024