21 iyun, juma kuni Lyuksemburgda yig‘ilgan YeI Iqtisodiy va moliyaviy kengashi Ukraina va Moldova bo‘yicha muzokaralar jarayonini ma’qulladi, deb xabar berdi DW’ga YeIdagi diplomatik manba. Bu tomonlar 25 iyunga belgilangan hukumatlararo konferensiyalarga tayyorgarlikni rasman boshlashi mumkinligini anglatadi, jarayon esa ushbu nomzod mamlakatlarning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar rasmiy starti bo‘ladi.
Keyinchalik, Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan Belgiya X ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lajak hukumatlararo konferensiyalar tafsilotlarini e’lon qildi. Shu tariqa, Ukraina bilan konferensiya 25 iyun kuni soat 15:30 ga, Moldova bilan esa 18:00 ga belgilangan. Ular Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi kengashi yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Bir hafta avval Belgiya Ukraina va Moldova bilan hukumatlararo konferensiyalar o‘tkazish sanasini Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari Ukraina va Moldova bo‘yicha muzokaralar asosi yuzasidan kelishib olganidan so‘ng e’lon qilgan edi.