Raqobat qo‘mitasi 6 ta korxonani turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb topdi

O‘zbekiston 07:23 / 21.06.2024 6161

Tahlil natijalariga ko‘ra, 6 ta korxona turli tovar va xizmatlar bo‘yicha ustun mavqega ega deb e’tirof etildi

Jumladan:

  • “Temiryo‘lekspress” va “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ (shaxslar guruhi sifatida) temiryo‘llar orqali yo‘lovchi tashish xizmatida;
  • “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” MChJ shahar atrofi bo‘ylab yo‘lovchi tashish xizmatida;
  • JV Continaz MChJ formalin mahsulotida; 
  • Indorama Kokand fertilizers and chemicals hamda “Farg‘onaazot” AJ (shaxslar guruhi sifatida) superfosfat mahsulotida;
  • “Farg‘onaazot” AJ karbamid mahsulotida;
  • Gazli Gas Storage MChJ QK tabiiy gazni yer ostiga quyish, saqlash va tortib olish xizmatida ustunlikka ega deb topildi.

Shu bilan birga, “Interterminal” MChJ QK temiryo‘l liniyasini ijaraga berish xizmati bo‘yicha ustun muzokara kuchiga ega deb e’tirof etildi.

Ko‘proq yangiliklar: