Ahmad Xudoyshukurovich Suvonqulov «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ahmad Suvonqulov 1968 yilda Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, Toshkent davlat texnika universiteti (1994) hamda Toshkent moliya institutini (2009) tamomlagan.
Turli yillarda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (hozirgi Iqtisodiyot va moliya vazirligi) tasarrufidagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi»ning qurilish bo‘yicha xarid va loyihaoldi hujjatlarini ekspertiza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-2021 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lgan.
Mazkur tayinlovgacha Surxondaryo viloyati hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, «O‘zsuvta’minot» rahbarligi 2023 yil iyul oyida Dilshod Azimovga topshirilgandi. U 2024 yil may oyida lavozimidan ozod etilgandi.