Finlandiya Rossiya bilan munosabatlarni urush oxirigacha tiklamaydi

Jahon 13:44 / 21.06.2024 3167

Finlandiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushni va xalqaro huquq buzilishini to‘xtatmaguncha Rossiya bilan munosabatlarni tiklamaydi. Bu haqda Finlandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen 20 iyun, payshanba kuni Helsinkida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hukumatning tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati haqidagi hisobotini taqdim etar ekan, aytib o‘tdi.

Hisobotni tayyorlashga rahbarlik qilgan Finlandiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Rossiya oxir-oqibat demokratik davlatga aylanishiga umid bildirdi, biroq o‘zgarishlarni tez kutmaslik kerakligini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, Valtonen Rossiya haqidagi bilimlarni saqlab qolish va Rossiya fuqarolik jamiyati faoliyati uchun sharoitlarni «maksimal qo‘llab-quvvatlash» muhim deb hisoblaydi.

Finlandiya uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy tahdid yo‘q 

Fin hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Finlandiyaga bevosita harbiy tahdid yo‘q. Shu bilan birga, Helsinki Finlandiyaga qarshi potensial harbiy kuch ishlatilishiga tayyor turish zarur deb hisoblaydi. Bundan tashqari, mamlakat Rossiya gibrid hujumlari davom etishini kutmoqda, bunga misol sifatida Finlandiya-Rossiya chegarasida Moskva tomonidan uyushtirilgan uchinchi davlatlardan boshpana izlovchilar oqimini keltirish mumkin. 

Elina Valtonen Rossiya harbiy hujumi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatni o‘zgartirganini va xalqaro qoidalar tizimiga ega bo‘lish muhimligini ko‘rsatdi. Finlandiya va Shvetsiyaning yaqinda NATOga qo‘shilishi «Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropada barqarorlikni mustahkamlaydi va mintaqada harbiy kuch ishlatish xavfini kamaytiradi», dedi vazir. 

«NATOga a’zolik Finlandiya uchun yangi davrni anglatadi. Finlandiya endi o‘z xavfsizligiga NATOning jamoaviy mudofaasi nuqtayi nazaridan qaraydi, butun ittifoq xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shadi va umumiy qadriyatlar uchun NATO ittifoqchilari bilan birga ishlaydi», dedi u. Shu bilan birga, Valtonen Finlandiya tashqi siyosati demokratiya va qonun ustuvorligi qadriyatlariga asoslanishini ta’kidladi. 

Ko‘proq yangiliklar: