Wendy's: muzlatilmagan FRESH go‘sht!

O‘zbekiston 09:37 / 20.06.2024 2961

Wendy's burgerlari boshqacha ko‘rinishi bilan birga, chindan ham boshqacha. Wendy's asoschisi Deyv Tomas eng yaxshi burgerni yaratishga intilgan, bunda sifatni asosiy ustuvorlik qilib belgilagan. 1969 yilda Wendy's birinchi restorani ochilganidan beri, toza mol go‘shti barcha o‘yin qoidalarini o‘zgartirdi va kvadrat shakldagi kotletlar Wendy's o‘z mijozlariga faqat eng yaxshisini taqdim etishga intilishining ramziga aylangan.

2019 yilda Wendy’s O‘zbekistonda ochilganidan boshlab, kompaniya kotletlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan, bu Wendy's yuqori standartlari va prinsiplariga mos kelishi kerak edi. Biroq, bu vazifani amalga oshirish oson bo‘lmagan. Qiyinchilik shundan iborat ediki, O‘zbekiston ichki bozorida o‘sha paytda Wendy's standartlariga mos keladigan va zarur xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi va sifat nazorati sertifikatlariga ega bo‘lgan kompaniyalar mavjud emas edi, bu esa burgerlarning istalgan ta’mi va sifatiga erishish yo‘lida to‘siqlar yaratar edi.

2021 yilda Promeat va Wendy’s strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. Promeat – bu "Halol" sertifikatiga ega agrosanoat kompaniyasi bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish jarayonlarini "daladan dasturxongacha" tamoyili asosida amalga oshiradi. Shunday qilib, Promeat xalqaro sifat standartlari akkreditatsiyasiga va Wendy’s uchun zarur uskunalarni tayyorlash jarayonlarini boshladi, bu esa butun go‘sht mahsulotlari liniyasining menyuga moslashuviga start berdi.

"O‘z mijozlariga a’lo ta’m va yuqori sifatni ta’minlash maqsadida Wendy’s yangi kotletlardan foydalanadi. Shu munosabat bilan, ishlab chiqarishda mikrobiologiya nazorati, mahsulotning yakuniy haroratini saqlash va restoranlarga yetkazib berishning o‘ylab chiqilgan logistikasi bo‘yicha qat’iy talablar joriy qilingan", – deydi Promeat boshqaruvchi direktori Islam Mutalov.

Wendy’s va Promeat O‘zbekistondagi tezkor ovqatlanish restoranlari bozorida ushbu jarayonni ilk marotaba joriy qilgan yetakchilar hisoblanadi. Infrastruktura tayyorlash, zarur uskunalarni sotib olish va xalqaro sertifikatlarni olish uchun uch yillik hamkorlik ishlari talab qilindi. Promeat jamoasiga maslahat berish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan Wendy’s xalqaro mutaxassislari jalb qilindi. Birgalikda ishlab chiqarish jarayonlari amalga oshirildi, ishlab chiqarishning har bir bosqichida sifatni kuzatish tizimi o‘rnatildi va retseptlar hamda sifat standartlarini sir saqlash to‘g‘risida bir qator shartnomalar imzolandi.

“O‘zbekistondagi Wendy’s jamoasi va Promeat kompaniyasini bunday muhim yutuq bilan tabriklayman. Bu katta qadam bo‘lib, u yangi burgerlarning betakror ta’mini ta’minlaydi.” - APMEA mintaqasi bo‘yicha Wendy’s sifatni ta’minlash menejeri Sinisha Lyubichich.

“Wendy's ning global raqiblariga nisbatan asosiy afzalligi mahalliy mahsulotlardan foydalanishda moslashuvchanligidir. Shuning uchun, Wendy's dan tatib ko‘rganingizda, siz Amerika standartlari va bir vaqtning o‘zida mahalliy toza mahsulotlarning yuqori sifatini olasiz. Bu holatda, ushbu yondashuv bizga barcha tabiiy ta’mlarni saqlab qolishga va kotletlarning yuqori sifatiga erishishga imkon beradi. Yangi, muzlatilmagan go‘shtdan foydalanish mehmonlarimizga har bir burgerning shirin ta’mini va betakror sifatini kafolatlaydi. Siz allaqachon Toshkent shahridagi barcha Wendy’s restoranlarida toza kotletlar bilan burgerlarni tatib ko‘rishingiz mumkin, yaqin vaqt ichida esa yangi standart viloyatlarda ham joriy etiladi”, - deydi O‘zbekistondagi Wendy’s bosh direktori Shohrux Jalilov.

Mijozlarimiz nega bizni qadrlashadi?

Tabiiy ta’mlarni saqlash: 100% yangi mol go‘shti ta’mi o‘zgarmasdan qoladi, har bir luqma bilan haqiqiy zavqni ta’minlaydi.

Mazali ishlov: Toza 100% govyajiy kotlet o‘z shirinligi va yumshoqligini saqlab qoladi, har bir burgerni yanada betakror qiladi.

Tabiiy tarkib: Go‘sht muzlatilmaydi, bu uning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishga imkon beradi.

Tayyorlash tezligi: Yangi texnologiya tufayli endi burgerlar yanada tezroq tayyorlanadi.

Wendy's kompaniyasi haqida:

Wendy's kompaniyasi 1969 yilda Deyv Tomas tomonidan AQShning Ogayo shtati, Kolumbus shahrida tashkil etilgan. Xalqaro tarmoq 100% mol go‘shtidan kvadrat shaklidagi kotletlari, tovuqli taomlar, salatlar, faqat Wendy's tarmoqlarida tayyorlanadigan o‘ziga xos qaynoq pishloqli sous va fri kartoshkasi hamda boshqa ko‘plab mahsulotlari bilan mashhur.

Hozirgi vaqtda Wendy's dunyo bo‘ylab 7000 dan ortiq restoranlarni boshqarmoqda. O‘zbekistondagi birinchi Wendy's restorani 2019 yilda ochilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda sakkizta Wendy’s restorani faoliyat yuritmoqda. Yaqin kelajakda O‘zbekistonda birinchi “drive-thru” formatidagi Wendy’s restorani ochilishi kutilmoqda. Bu kompaniya uchun muhim voqea, chunki Wendy’s ushbu formatni jahonda birinchi bo‘lib taqdim etgan.

2029 yil oxirigacha kompaniya kamida yana 12ta restoran ochishni va 630dan ortiq ish o‘rinlarini yaratishni rejalashtirmoqda. Wendy's'ning Qozog‘iston va O‘zbekistondagi franchayzi va operatori xalqaro Kusto Group holdingi hisoblanadi.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: