Toshkent viloyatida chegaradan salkam 2 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlarini olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi

O‘zbekiston 15:34 / 20.06.2024 4166

Toshkent viloyati bojxonachilari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 

Viloyat bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, «Bekobod-avto» chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan ikki nafar fuqaro bojxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Shunda, fuqarolarning bel qismiga matoga o‘rab yashirilgan umumiy qiymati salkam 2 mlrd so‘mlik 1696 gramm zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: