Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, ular quyidagi muddatlarga beriladi:
- falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga – 3 oygacha;
- fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun – 6 oygacha.
Ushbu ta’tillarning berilishi xodimlarning yillik ta’tilidan foydalanishiga to‘sqinlik qilmaydi.