Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi

Jamiyat 12:19 / 20.06.2024 11022

Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda hushsiz holda oqib kelayotganligini ko‘rib qolgan. 

FVV xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar zudlik bilan qutqarish ishlarini olib borib, ushbu fuqaroni suvdan olib chiqqan va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. 

Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaro baliq tutish maqsadida daryoga borganda oyoq kiyimi suvga tushib ketgan va uni olaman deb tushgan vaqtda daryo suvi tez oqayotganligi sababli muvozanatni yo‘qotib o‘zi ham oqib ketgan.

Ko‘proq yangiliklar: