Hukumat qarori bilan qarori bilan o‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlatishning yangi tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- akademik litseylarga hujjat topshiruvchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish my.edu.uz orqali har yili 10 iyundan 10 iyulga qadar bepul ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
- abituriyentlarga ro‘yxatdan o‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
- abituriyent o‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Ayni kunlarda kunlarda akademik litseylarga qabul jarayonlari davom etmoqda. 9-sinfni tamomlagan o‘quvchilar 10 iyulga qadar my.edu.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.