Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda odamlarning nomiga kredit olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yuborgan bankir 7 yilga qamalgani aniq bo‘ldi
“Agrobank” ATB Arnasoy filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari o‘ndan ortiq fuqaro nomiga imtiyozli kredit mablag‘larini rasmiylashtirib, o‘z shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborgan. U mazkur qilmishi uchun sudning 2013 yil 7 apreldagi hukmi bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Biroq bank jabrlanuvchilarning plastik kartalaridan yaqingacha kredit qarzdorligi uchun asossiz ravishda pul yechib olgan. Ombudsmanning aralashuvi bilan holat ijobiy hal qilindi.
Ombudsmanning Jizzax viloyatidagi mintaqaviy vakiliga bir guruh fuqarolar oylik ish haqlari plastik kartochkaga kelib tushganda bank asossiz ravishda “kreditdan bo‘lgan qarzdorligi uchun” deb pullarini yechib olib qo‘yganidan norozi bo‘lib shikoyat qilishgan. Bu haqda Ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, murojaatchilar “Agrobank” ATB Arnasoy filiali bilan kredit shartnomasi rasmiylashtirgan. Lekin mazkur bank filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari S.A. ularga qo‘ng‘iroq qilib, oylik maoshlari kamligi sababli kredit mablag‘lari berilmaydigan bo‘lganini og‘zaki xabar qilgan.
U o‘z mansab mavqeyidan foydalanib, bir qator fuqarolar nomiga kredit rasmiylashtirgan. Jumladan, murojaatchi A.I. nomiga jami 18,5 mln so‘m yillik 26,99 foiz ustama haq to‘lash sharti bilan 4 yil muddatga kredit olgan. Fuqaro o‘zining nomiga chiqarilgan bank kredit kartasini olishni rad etgan bo‘lsa-da, ularning xabarisiz ushbu karta mablag‘larini o‘z nomiga ochilgan bank plastik kartalariga o‘tkazishga erishib, kredit mablag‘larini o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zlashtirgan.
“Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtakor tuman sudining 2023 yil 11 apreldagi hukmiga ko‘ra, S.A. Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan aybdor deb topilib, bank sohasida hamda boshqa tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan hamda unga 7 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Shuningdek, S.A.dan jami 145 mln so‘m miqdoridagi moddiy zarar “Agrobank” ATB Arnasoy filiali foydasiga undirish belgilangan.
Shunday bo‘lsa-da, mazkur bank filiali tomonidan kreditni qoplash uchun murojaatchilar nomiga sms xabar ko‘rinishida talabnomalar kelib, plastik kartalariga kelib tushgan oylik ish haqidan kreditlarni qoplash uchun pul undirilishi davom etgan”, deyiladi Ombudsman xabarida.
Qayd etilishicha, hujjatlar o‘rganilib, Ombudsman tomonidan sudga mehnat qonunchiligining buzilgani holati bo‘yicha fuqarolar manfaatida da’vo ariza kiritilgan. Natijada fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining hal qiluv qarori bilan fuqarolar va bank o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomalari bekor qilinib, murojaatchilarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

09:02 / 26.06.2025