Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ tuzdi
Taftish komissiyasi Yevropa Ittifoqi tomonidan Ukrainaga berilgan mablag‘larni nazorat qilish va korrupsiyaning oldini olish uchun Yevropa komissiyasi tomonidan tuzilgan. U uch a’zodan iborat bo‘ladi va Bryusselda joylashadi.

Foto: Leon Neal / Getty Images
Yevropa Komissiyasi Ukrainaga yordam jamg‘armasi doirasida taftish komissiyasini tuzdi, u Ukraina rasmiylariga Kiyevga ko‘rsatilgan yordamdan foydalanishni nazorat qilish, shuningdek, firibgarlik, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishda yordam berish uchun mo‘ljallangan. Yevrokomissiyaning 12 iyundagi tegishli qarori 17 iyun, dushanba kuni Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi.
Hujjatda aytilishicha, Yevrokomissiyaga hisob beruvchi yangi organ 2028 yil 30 iyungacha bo‘lgan muddatga uch a’zodan iborat bo‘lib, Bryusseldan ishlaydi, alohida kotibiyat esa Kiyevda bo‘ladi.
Yevropa komissiyasi qaroriga ko‘ra, taftish komissiyasining kamida oltita yig‘ilishi har yili Bryusselda o‘tkazilishi kerak, ba’zi hollarda ular boshqa joylarda yoki onlayn formatda bo‘lib o‘tishi mumkin. Shuningdek, auditorlar yiliga olti marta «agar sharoit imkon bersa» Kiyevga tashrif buyurishlari kerak.
2023 yilning iyun oyida Kiyevga uch yil davomida 50 milliard yevro ajratish rejasi munosabati bilan Bryussel mablag‘ ta’minlash uchun qo‘shimcha shartlarni e’lon qilgan edi. Birinchidan, Ukraina yordam samaradorligini oshirish uchun audit va nazorat tizimini modernizatsiya qilishi kerak. Ikkinchidan, Yevrokomissiya rejani amalga oshirish jarayonida istalgan vaqtda tekshiruv o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi belgilandi. Uchinchidan, ehtimoliy qonunbuzarliklar, firibgarlik va korrupsiyaning oldini olish uchun mustaqil auditorlik kengashi tashkil etilishi e’lon qilindi, u davlat mablag‘larini tasarruf etish bo‘yicha har qanday aniqlangan yoki shubhali holat, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan kamchiliklar to‘g‘risida Yevropa komissiyasiga hisobot berishi kerak.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyadagi yangi urush. Duruzlar va badaviylar mojarosida voqealar rivoji
Jahon | 20:26
-
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 20:25
-
Uzcard va “Elkart” O‘zbekiston va Qirg‘izistonni transchegaraviy pul o‘tkazmalari xizmati bilan bog‘ladi
Jamiyat | 20:00
-
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekiston | 19:58
Mavzuga oid

14:51
Yevrokomissiya YeI budjetini 2 trln yevroga oshirishni taklif qildi

23:41 / 09.07.2025
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin

13:07 / 03.07.2025
Yevroparlament Yevrokomissiyaga ishonch masalasi bo‘yicha ovoz beradi

14:52 / 02.07.2025