Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF mudofaa vaziri o‘rinbosari: urushdan qaytganlarning 20 foizida post-travmatik stress kuzatilyapti
Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining yangi o‘rinbosari Anna Tsivilevaning so‘zlariga ko‘ra, urushdan qaytgan har beshinchi harbiy xizmatchiga post-travmatik sindrom tashxisi qo‘yilgan. Ayni paytda ular bilan ishlash uchun psixologlar yetarli emas.

Foto: Dmitry Yagodkin/TASS/dpa/picture alliance
Ukrainadagi urushdan qaytgan rossiyalik harbiy xizmatchilarning taxminan 20 foiziga post-travmatik stress buzilishi (PsB) tashxisi qo‘yilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi mudofaa vazirining yangi o‘rinbosari Anna Tsivileva 18 iyun, seshanba kuni chop etilgan «Vedomosti» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, frontdan qaytganlar bilan ishlash uchun psixologlar yetarli emas, tibbiy psixologlar va psixiatrlarning yordami, ba’zida hatto giyohvand moddalar bilan davolash ehtiyoji ham yuzaga kelyapti.
Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiyada harbiylarga psixologik yordam ko‘rsatish atigi 15 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari, PsB tashxisi qo‘yilgan ba’zi askarlar frontga yuboriladi. Rasmiylar tan olishicha, muammoning miqyosi shunchalik kattaki, barcha ehtiyojlarni qondirish qiyinlashyapti, post-travmatik sindromga ega ko‘plab askarlar esa yordamdan bosh tortmoqda.
Ular davolanmasa jamiyat uchun xavf tug‘dirishi mumkin, bundan Rossiyadagi jinoyatlar haqida xabarlar dalolat beradi.
Mudofaa vazirining yangi o‘rinbosari
Avval Kemerovo viloyatini boshqargan Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilevning rafiqasi Anna Tsivileva bir kun avval, 17 iyunda prezident farmoni bilan mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Ommaviy axborot vositalari uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarindosh ekani haqida bir necha bor yozgan.
2022 yil yanvar oyida «Agenstvo» Tsivilevaga tegishli «Kolmar» ko‘mir kompaniyasi tomonidan davlat yordamining keng miqyosda olinishi bo‘yicha surishtiruv e’lon qildi. Nashr uning Rossiya prezidenti amakivachchasi Yevgeniy Putinning qizi ekanligini, uning davlat rahbari bilan qarindoshlik rishtalari yashirilishini aniqladi.
Tsivileva Ivanovoda tug‘ilgan, u yerda 2000-yillarning boshlariga qadar psixiatriya shifoxonasida shifokor bo‘lib ishlagan. Putin hokimiyat tepasiga kelganidan ko‘p o‘tmay, u Moskvaga ko‘chib o‘tdi va u yerda iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim olib, tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishni boshladi. 2007 yilda u Sergey Tsivilevga turmushga chiqdi va 5 yildan so‘ng er-xotin «Kolmar» ko‘mir kompaniyasining ulushiga ega bo‘lishdi, deb yozadi «Agenstvo».
2023 yil oxirida Anna Tsivileva Yevropa Ittifoqining sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

14:55 / 03.07.2025
London va Berlin o‘zaro mudofaa shartnomasini imzolaydi

23:22 / 30.06.2025
Polsha snaryad ishlab chiqarishni 5 baravarga oshiradi

14:18 / 27.06.2025