Andijonda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha 500 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi

Iqtisodiyot 08:09 / 18.06.2024 2983

Andijon viloyati hamda Xitoyning Zhejiang Commercial Building kompaniyasi bilan yangi kelishuvlarga erishildi. Amaldagi hamkorlik 118 megavatt quvvatdagi 200 million dollarlik GESlar loyihasi bo‘yicha boshlangan.

17 iyun kuni esa rejalar yanada kengaytirilib, Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi uchrashuvda Andijonda jami 300 megavatt quvvatdagi GESlar qurilishiga kompaniya rahbariyati bilan kelishib olindi.

Ushbu loyiha umumiy qiymati 500 million dollarni tashkil etadi. Birinchi bosqichda 50 million dollar investitsiya mablag‘lari o‘zlashtiriladi.

Loyihaning umumiy quvvati Andijon viloyatining yarmidan ko‘p hududlarini elektr bilan ta’minlashga yetarli sanaladi.

Ko‘proq yangiliklar: