M39 xalqaro avtomobil yo‘lida Cobalt yonib ketdi

Jamiyat 10:08 / 17.06.2024 5496

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinada elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, motor va salon qismi yongan. 

Yong‘in FVB tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Tergovga qadar tekshiruvni tuman FVB olib bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: