Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energotejamkor qurilmalarni o‘rnatgan iste’molchilarga tarif chegirmasi beriladi
Iste’molchiga eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirganlik uchun 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi, bunda chegirmali tarifda hisob-kitob qilinadigan elektr energiyasining miqdori iqtisod qilingan energiya hajmiga teng bo‘ladi.

Foto: Shutterstock
Hukumat qarori bilan, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalari yangi tahrirda tasdiqlandi. Yangi qoidalarga asosan, elektr energiyasini tejaydigan qurilmalar o‘rnatgan iste’molchilar rag‘batlantiriladi.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, iste’molchilarga tasarrufidagi mavjud eski elektr qurilmalarini yangi energiya tejamkor qurilmalarga almashtirish natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmiga 3 yil davomida amaldagi tarifga nisbatan 15 foiz chegirma beriladi.
Bunda:
- Iste’molchilar elektr qurilmalarni almashtirish jadvali va uning natijasida erishiladigan iqtisodni nazarda tutuvchi dasturni taqdim etgandan so‘ng, “O‘zenergoinspeksiya” 10 kun muddatda ushbu dasturning asoslanganini ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha kelishadi yoki asoslantirgan holda kelishishni rad etadi;
- tasdiqlangan dasturga asosan amalga oshirilgan ishlar natijasida iqtisod qilingan elektr energiyasi hajmi energiya auditor tomonidan o‘rganiladi va ushbu hajmlar bo‘yicha xulosa beriladi;
- energiya auditor xulosasi “O‘zenergoinspeksiya” va hududiy elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etiladi va ijobiy xulosa taqdim etilgan kundan boshlab chegirmalar qo‘llanadi.
Avvalroq elektromobilni uyda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinishi, ko‘p energiya sarflaydigan kompaniyalar har 3 yilda energiya auditidan o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu Tramp nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surdi
Jahon | 11:47
-
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
O‘zbekiston | 11:40
-
Tramp Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha qurol yuborishga va’da berdi
Jahon | 11:31
-
O‘zbekistonning Serbiyadagi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 11:16
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025