Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda prokuror, Toshkentda tergovchi va Namanganda advokat pora olayotganda ushlandi
O‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Jizzax viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurori 1000 dollar hamda Samsung S 24 Ultra telefoni, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida tergovchi va ikki surishtiruvchi 7 ming dollar, Namangan shahrida esa advokat 10 ming dollar bilan qo‘lga olingan. Ularning barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Foto: Videodan kadr
DXX respublikaning turli hududlarida korrupsion holatlarga chek qo‘ydi.
Ma’lum qilinishicha, Jizzax viloyati prokuraturasining bo‘lim prokurori Jizzax shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroga muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini o‘zining vakolatli hamkasbi tomonidan olib tashlashni va’da qilgan. U ushbu “xizmati” uchun 1000 AQSh dollari hamda Samsung S 24 Ultra telefonini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadirda Yakkasaroy tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi hamda ikki nafar surishtiruvchisi ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Ular o‘zaro til biriktirib, bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik hamda uning harakatlarini Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasi 2-qismi “a” bandiga qayta malakash evaziga 7 ming AQSh dollari olishgan.
Boshqa holatda esa poytaxtda istiqomat qiluvchi ikki shaxs 1980 yilda tug‘ilgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilishgan. DXX xodimlari tomonidan Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlangan. Hozirda ularning prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Namangan shahridagi advokatlar hay’ati advokati viloyat IIB boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168 va boshqa moddalari bilan qo‘zg‘atilib, hozirda Namangan shahar sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishiga yordam berishni va’da qilgan. U buning evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 8 ming AQSh dollarini olayotganda ushlangan. Qayd etilishicha, mazkur advokat muqaddam Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.
Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahrida soliq xodimlarining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025