Yunusobod tumanida yuqori kuchlanishli simyog‘ochda qisqa tutashuv sodir bo‘ldi
Tan jarohati olganlar yo‘q. Tumanda elektr energiyasida uzilishlar kuzatilmagani aytildi.

Foto: Toshkent shahar FVB
Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘ldi. Tuman hokimligi axborot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
2024 yil 11 iyun kuni tungi vaqtlarda, soat taxminan 1:00 - 2:00 lar oralig‘ida Yunusobod tumani 18- va 19-dahalar orasidagi Yangishahar ko‘chasidan o‘tgan yuqori kuchlanishli simyog‘och elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan.
Qisqa tutashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘qligi, elektr energiyasidan uzilishlar kuzatilmagani aytiladi.
Toshkent shahar FVBga va elektr tarmoqlariga hech qanday murojaatlar kelib tushmagan. Voqea joyiga Yunusobod tumani FVB mas’uli chiqqan.
Mavzuga oid

00:30 / 07.02.2025
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

17:42 / 23.01.2025
Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:06 / 01.01.2025
Toshkentda 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi

12:29 / 27.12.2024