Valuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi
Buxoro viloyatining Romitan tumanida valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan H.J. jami 4000 AQSh dollarini fuqaro N.A.dan 50,4 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan Romitan tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.R. jami 3500 AQSh dollarini fuqaro N.D.dan 44,1 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025
Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

12:06 / 11.02.2025