Suvtekin piyozni haydab tashlash kerak emas: uni kesib quritib daromad olish mumkinligi aytilmoqda

O‘zbekiston 22:33 / 11.06.2024 28874

Biroq Telegram-kanalimning aloqa botiga xorazmlik tadbirkor yigitdan yaxshi maslahat kelib qoldi.

«Assalomu alaykum, Shuhrat aka, yaxshimisiz?! 

Men xorazmlik tadbirkor Muzaffarman. Siz orqali piyoz ekkan surxondaryolik dehqon akalarimizga bir maslahat bermoqchiman.

Piyozni uvol qilib, yerga qo‘shib haydab tashlagandan ko‘ra parrak-parrak qilib to‘g‘ratib, quritib tashlashsa ertaga yaxshi narxga eksport qilish mumkin.

Iltimos, shu taklifimni dehqon akalarimizga yetkazib qo‘ysangiz. Katta rahmat!» — deb yozib yuboribdi u.

Sharhlarda foydalanuvchilardan biri tojikistonlik dehqonlar bu ishning rosa hadisini olgani, piyozni kesib quritib, Rossiyaning olis nuqtalariga jo‘natishi, ruslar quritilgan piyozni qishi bilan iste’mol qilishini yozib qoldi.

Rosti, masalaning bu tarafi o‘zim uchun ham yangilik bo‘ldi. Chunki sabzavotlardan pomidor, qalampir va ko‘katlar quritilishini eshitgandim. Piyozni quritish mumkinligini bilmas ekanman. Shu sababli quritilgan piyoz haqida internetdan ma’lumotlar izladim.

Birinchi so‘rovimga ko‘ra, reklama materiallari chiqdi va 450 gramm quritilgan piyozning xorijdagi narxini 182 ming so‘m, 107 gramm qilib qadoqlanganini esa 69 ming so‘mga ko‘rsatdi. Ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulot yakuniy xaridorga yaxshigina pulga taklif etilmoqda.

Google qidiruv tizimidan skrinshot

O‘zbekistonda «AGRO FEED» kompaniyasi quritilgan piyozni qadoqlash bilan shug‘ullanar ekan, kompaniya bu mahsulot har bir uy bekasining arsenalida bo‘lishi shartligini ta’kidlagan. Quritilgan piyoz barcha foydali sifatlarini o‘zida saqlab qolish bilan birga, achchiq barra piyoz o‘rnini juda yaxshi bosadi, sabzavot, qo‘ziqorinli, go‘shtli va baliqli taomlarga o‘zgacha maza bag‘ishlar ekan.

Quritib maydalangan piyoz deyarli vaznsiz bo‘ladi, uni tozalash shart emas. Bir chimdim quritilgan piyoz qizigan yog‘ga yoki sho‘rvaga tashlab yuborilsa u taomga takrorlanmas maza va bo‘y baxsh eta olar ekan.

Bizda quritilgan piyozdan foydalanish unchalik urf emas. Rossiyada esa quritilgan piyoz qoqlari asosan Hindiston va Xitoydan yetkazilar ekan.

Quritilgan Hindiston piyozi. Foto: ooomarket-m.ru

Piyoz qanday quritiladi?

Piyoz — sersuv sabzavot. Shu sababli uni saqlash qiyin. Juda tez chiriydi va atrofga o‘ta qo‘lansa hid ham taratadi. Shuning uchun uni quritish texnologiyasini puxta o‘zlashtirib olish kerak. Aks holda, yuqorida qayd etilganidek, mahsulot chiriy boshlaydi va yaroqsiz holga keladi.

Eng birinchi sabzavotni ortiqcha namlikdan xalos qilish zarur. Quritish uchun tabiiy va sun’iy yo‘llardan foydalanish mumkin ekan. Tabiiy yo‘l oftobda yoki soyada quritish bo‘lsa, sun’iy yo‘lda issiq havo, mikroto‘lqinli pechlar, infraqizil nurlar va sublimatsion quritish kabi usullardan foydalaniladi.

Bizning dehqonlarimiz barcha qo‘llay oladigan va kamxarj oftobda quritish usulidan foydalanishsa bo‘ladi. Quritilgan mahsulot sersuv barra piyozga qaraganda yaxshiroq va uzoqroq ham saqlanadi.

Buning uchun avval piyozning ildiz qismi va dum qismi kesilib, tozalab olinadi. So‘ngra yuvib tozalanadi. Undan so‘ng parraklab to‘g‘raladi.

Ushbu videoda quritish moslamasida piyoz qanday quritilishi ko‘rsatilgan. Biroq katta ko‘lamdagi quritish ishlarida ochiq havoda, quyosh ostida ham shamol o‘tuvchi patnislarda quritish lozim bo‘ladi.

Qayd etib o‘tish lozimki, quritilish asnosida piyoz o‘z vaznining 90 foizidan ayriladi. Ya’ni 10 kg yangi barra bosh piyozdan 1 kg quritilgan piyoz qoqisi olish mumkin.

Albatta, dehqonlarimiz qo‘llarini tushirmasdan, yangi chaqiriqlarga tayyor bo‘lishlari, yangi va qayta ishlangan mahsulotlari uchun yangi bozorlarni kashf qilishlari talab etiladi. Shu quritilgan piyozni qayerlarga o‘tkazish mumkinligi borasida internetdan ma’lumotlar qidirsa bo‘ladi.

 Shuhrat Shokirjonov

Ko‘proq yangiliklar: