Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Belarus yadroviy mashqlarning ikkinchi bosqichini boshladi
Strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan yadroviy kuchlarning mashg‘ulotlari harbiy xizmatchilar va texnikaning shayligini saqlashga qaratilgan, deya ma’lum qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Foto: Rossiya Mudofaa vazirligi / AP
Rossiya va Belarus strategik bo‘lmagan yadroviy kuchlar o‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichini boshladi. Bu haqda 11 iyun, seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qildi.
E’lon qilingan postda aytilishicha, mashg‘ulotlar davomida «Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasi qurolli kuchlari bo‘linmalarini strategik bo‘lmagan yadro qurollaridan jangovar foydalanish bo‘yicha birgalikda tayyorlash masalalari» ishlab chiqiladi. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, ular ikki davlat «suvereniteti va hududiy yaxlitligini» ta’minlash maqsadida «bo‘linmalar shaxsiy tarkibi va texnikasini strategik bo‘lmagan yadro qurollaridan jangovar foydalanishga tayyorligini saqlashga» qaratilgan.
21 may kuni Rossiya Federatsiyasida yadroviy mashqlarning birinchi bosqichi boshlandi. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, unda «Iskandar» majmualari va «Kinjal» gipertovushli raketalari ishtirok etgan. Vazirlik mashg‘ulotlar boshlanishini «g‘arb ayrim rasmiylarining Rossiya Federatsiyasiga qarshi provokatsion bayonotlari va tahdidlari» bilan asosladi.
RF TIV: Rossiya yadroviy tiyib turish bo‘yicha hujjatlarni o‘zgartirishi mumkin
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning 11 iyun kuni aytganidek, G‘arb davlatlarining harakatlari «yadroviy tiyib turish bo‘yicha hujjatlarni hozirgi ehtiyojlarga moslashtirish masalasini ko‘tarmoqda». May oyining o‘rtalarida u Rossiya Federatsiyasi «qizil chiziqlar» mavzusini «chekkaga qo‘yishi» va yadroviy tahdidlar masalasida G‘arbga bir xil javob berishini aytdi.
7 iyun, juma kuni Vladimir Putin «PMEF» doirasida Rossiyaning yadroviy doktrinasi o‘zgarishini istisno etmadi va uni «jonli qurol» deb atadi. O‘z nutqining boshida Rossiya Federatsiyasi «yadroviy qurolni qo‘zg‘atmoqchi» emasligini aytdi, ammo keyinchalik Yevropa bu masalada «ko‘proq yoki kamroq himoyasiz» ekanligini ta’kidladi. Biroq, Putin «yadroviy zarbalargacha ish yetib bormaydi» degan haqiqatdan kelib chiqishini qo‘shimcha qildi.
Rossiya yadro qurolini Belarusga topshirdi
2023 yil iyun oyida Vladimir Putin Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda o‘sha yilning iyul oyida Rossiya o‘z yadro qurolini Belarus hududida joylashtirishni rejalashtirayotganini aytdi. Keyinroq Belarus rahbari qurollar allaqachon mamlakatga yetib kelganini bildirdi. 2024 yil mart oyida Foreign Policy jurnali manbalarga tayanib, g‘arb razvedkasi Rossiya Federatsiyasi taktik yadro qurollarini Belarusga topshirganini tasdiqlaganini yozgan edi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

16:30 / 12.07.2025