Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abduqodir Husanov «Lans»ning transfer bahosi oshgan yagona o‘yinchisi bo‘ldi
Transfermarkt portali Fransiya chempionati 2023/24 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, o‘yinchilarning transfer bahosini yangiladi.

Foto: Tribuna.uz
Unga ko‘ra, «Lans» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasining himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 500 ming yevroga oshib, hozirda 2,5 million yevroni tashkil etmoqda.
20 yoshli himoyachi o‘tgan yil «Energetik-BGU»dan «Lans»ga o‘tayotganida 400 ming yevroga baholangan bo‘lsa, o‘tgan 10 oy davomida Husanovning transfer bahosi 2,1 million yevroga oshgan.
Shu tariqa, Abduqodir 2,5 mln yevro narx bilan O‘zbekiston milliy jamoasining eng qimmatbaho o‘yinchilari ro‘yxatida Abbosbek Fayzullayev (6 mln yevro) va Eldor Shomurodovdan keyin (5 mln) Oston O‘runov (2,5 mln) bilan birga 3-4-o‘rinni egallab turibdi.
E’tiborlisi, Transfermarkt portali mavsum yakunida «Lans» tarkibidan faqatgina Abduqodir Husanovning transfer bahosini oshirgan. Qolgan o‘yinchilarning iyun oyida transfer bahosi tushirilgan yoki o‘z holatida qoldirilgan.
Qayd etish joiz, 20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi yakunlangan mavsumda «Lans» safida Fransiya chempionatida 11ta o‘yin, Chempionlar ligasi va Yevropa ligasida 2tadan o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Qatardagi Osiyo kubogida 3ta bahsda maydonga tushdi. Shuningdek, O‘zbekiston olimpiya jamoasi bilan Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma oldi.
«Lans» klubi 2022/23 yilgi mavsumda chempion «PSJ»dan bir ochko kam jamg‘arib 2-o‘rinni egallagandi, yakunlangan mavsumni esa 7-o‘rinda tugatdi. Natijadagi bu pasayish Abduqodir Husanovdan boshqa lansliklar safidagi bir qator o‘yinchilarning transfer bahosi sho‘ng‘ishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Ele Vai (35 mln yevro), Kevin Danso (25 mln), Fakunda Medina (25 mln) «Lans» safidagi eng qimmatbaho o‘yinchilar sanaladi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

20:34 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?

18:11 / 14.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh boshlanmoqda: unda kimlar ishtirok etadi?

20:39 / 28.05.2025
Abduqodir Husanov uylandi

23:01 / 17.05.2025