O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Mali bilan durang o‘ynadi

Sport 21:05 / 07.06.2024 4907

Toshkentda o‘tgan uchrashuvda Temur Kapadze ikkita tarkibni sinovdan o‘tkazdi. 23-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyevning uzatmasidan keyin Alisher Odilov hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Bubakar Traore kuchli zarbasi bilan Abdunabiyev qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol etib, farqni tenglashtirdi – 1:1.

Ushbu jamoalarning navbatdagi bahsi 10 iyun kuni ham «Bunyodkor» stadionida o‘tkaziladi.

O‘rtoqlik o‘yini. 7 iyun (juma)

O‘zbekiston U23 – Mali U23 – 1:1
Hakam: 
Firdavs Norsafarov
Gollar: Alisher Odilov 23 – Traore Bubakar 62.
O‘zbekiston (1-bo‘lim): 12.Vladimir Nazarov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 10.Jasur Jaloliddinov, 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 15.Umarali Rahmonaliyev, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev, 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.
O‘zbekiston (2-bo‘lim):: 21.Hamidullo Abdunabiyev, 3.Zafarmurod Abdurahmatov (24.Sherzod Esanov, 70), 4.Odilbek Abdumajidov (26.Islombek Mamatkazin, 74), 7.Behro‘z Asqarov, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug‘bek Hoshimov, 13.Ahmadullo Muqimjonov, 14.Farhod Sohibjonov, 16.Asadbek Rahimjonov, 17.Murod Rahmatov, 20.Ruslan Jiyanov.
Mali U23: 1.Umar Kulibali, 2.Fod Dukure, 3.Diallo Hamidu, 4.Tunkara Mamadu, 6.Sako Koli, 8.Traore Bubakar, 10.Mamadu Sangare (18.Diakit Musa, 79), 12.Yusuf Bemba (19.Muhammadu Lamin, 79), 17.Ahmad Diomande, 20.Samak Uilson (11.Yusuf, 60), 21.Traore Fily (14.Diarra, 60).

Ko‘proq yangiliklar: