Osiyo vitse-chempioni guruhdan chiqa oladimi? JCh-2026 2-saralash hal qiluvchi o‘yinlari oldidan

Sport 17:27 / 05.06.2024 7098

Mart oyida o‘tgan 4-tur bahslaridan keyin 7 jamoa muddatdan avval keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan va shu bilan birga Osiyo kubogi-2027 masalasini hal qilgandi. Bular – O‘zbekiston, Eron, Avstraliya, Iroq, Yaponiya, Qatar va BAA. Qolgan 11ta yo‘llanmaning sohibi 6 va 11 iyun kungi bahslardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Payshanba kungi bahslar orasida qo‘shnilarimizdan Qirg‘iziston keyingi bosqich masalasini hal qilishi mumkin. Qirg‘izlar o‘tgan turda «Dinamo» forvardi Kojo Joelning het-trigi evaziga Xitoy Taypeyi ustidan yirik hisobda (5:1) g‘alabaga erishib, o‘z guruhida Ummonni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirdi va peshqadamga aylanib oldi. Qo‘shnilarimiz 6 iyun kuni Bishkekda Malayziyani mag‘lub etsa, o‘z tarixida ilk marta 3-saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Yana bir qo‘shni mamlakat – Tojikiston esa turnirdagi eng muhim uchrashuvi arafasida turibdi. Qo‘shnilarimiz so‘nggi turda Saudiya Arabistoni bilan durang qayd etgach, saudlarning keyingi bosqich masalasini ushbu turgacha qoldirishdi. Endi esa guruhdagi ikkinchi yo‘llanma uchun Iordaniyaga qarshi safardagi bahs kutib turibdi. Dushanbedagi bahsda Tojikiston so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqargan va uchrashuv durang (1:1) natija bilan tugagandi. Ammandagi to‘qnashuv so‘nggi turlardagi asosiy qarama-qarshilikka aylanmoqda. Zero, Osiyo vitse-chempioni fevral oyida Osiyo kubogi chorakfinalida Tojikistonni 1:0 hisobida mag‘lub etib, turnirdan chiqarib yuborgandi. Tojiklar Osiyo kubogi finalchisiga qarshi bahsda Qatardagi alamli mag‘lubiyat uchun ham revansh olishga intiladi. Qo‘shnilarimiz keyingi bosqichga chiqish uchun kamida durang qayd etishi lozim. So‘nggi turda ular Pokistonni qabul qilishsa, Iordaniya Saudiyada mehmon bo‘ladi.

Payshanba kungi bahslarda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya singari Osiyoning grand jamoalari ham yo‘llanmani naqd qilish ehtimoli yuqori. I guruhidan Falastin ham ilk marta 3-bosqichga yo‘llanma olishi mumkin.

O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda qo‘shni Turkmaniston bilan bahsda maydonga tushsa, Eron Hongkong mehmoni bo‘ladi.

JCh-2026 ikkinchi saralash bosqich 5-tur o‘yinlar anonsi (soatlar mezbon mamlakat mahalliy vaqti bilan ko‘rsatilgan):

5-tur oldidan guruhlardagi vaziyat va o‘yinlar:

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Afg‘oniston – Qatar

Hindiston – Kuvayt

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Myanma – Yaponiya

Shimoliy Koreya – Suriya

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Singapur – Janubiy Koreya

Xitoy – Tailand

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Qirg‘iziston – Malayziya

Xitoy Taypeyi – Ummon

5-tur. 6 iyun (payshanba)

O‘zbekiston – Turkmaniston

Hongkong – Eron

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Indoneziya – Iroq

Vetnam – Filippin

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Pokiston – Saudiya Arabistoni

Iordaniya – Tojikiston

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Bahrayn – Yaman

Nepal – BAA

5-tur. 6 iyun (payshanba)

Falastin – Livan

Bangladesh – Avstraliya.

Ko‘proq yangiliklar: