Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari majlisida qatnashdi
O‘zbekiston hukumati rahbari YeOII sammitidagi nutqida “yashil” koridor tizimlarini kengaytirish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish va boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Bosh vazir matbuot xizmati
Bugun, 4 iyun kuni Belarusning Nesvij shahrida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham ishtirok etdi.
Hukumat rahbarining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Aripov o‘z nutqida “yashil” koridor tizimlarini kengaytirish, qo‘shma agrosanoat klasterlari va logistika markazlarini tashkil etish, “yashil” va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini bartaraf etishda umumiy yondashuvlar va yaqin hamkorlikni ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, YeOII – Rossiya, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zoligidagi mintaqaviy iqtisodiy integratsiya tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston 2020 yil 11 dekabrda Kuba bilan birga tashkilotda kuzatuvchi maqomini olgan. YeOIIda, shuningdek, Moldova ham kuzatuvchi davlat hisoblanadi.
Mavzuga oid

21:56 / 22.02.2025
Abdulla Aripov Toshkentda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

15:20 / 08.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bosh vazirlari uchrashdi

17:46 / 07.01.2025
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hukumati rahbarlari uch davlat chegarasida uchrashadi

20:15 / 26.12.2024