Kilian Mbappe – «Real Madrid» futbolchisiga aylandi

Sport 22:51 / 03.06.2024 14470

Fransiyalik 25 yoshli hujumchi erkin agent sifatida «Real» a’zosiga aylandi. Mbappe va Madrid klubi o‘rtasida 5 yillik shartnoma imzolandi.

Avvalroq, Mbappening «Real»da 9-raqamni tanlashi, bir yildan keyin Modrich klubni tark etgach 10-raqam unga qolishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kilian mavsum yakunida «PSJ» bilan xayrlashgandi. U Parij klubi safida 2017 yildan buyon to‘p surib, 6 karra Fransiya chempioniga aylangan. Shuningdek, u 4 marta Fransiya kubogi, 3 marta Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

O‘tgan 7 yil ichida Mbappe 308 o‘yinda 256ta gol bilan Parij klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. Uning hisobida yana 108ta assist ham mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: