Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekzitpol: Klaudiya Sheynbaum Meksikadagi saylovlarda g‘alaba qozondi
Ekzitpollar Klaudiya Sheynbaumning Meksikadagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini ko‘rsatdi. Ammo uning raqobatchilari ham g‘olib chiqqanini da’vo qilishmoqda.

Foto: Reuters
Meksikada hukmron koalitsiyadan nomzod Klaudiya Sheynbaum mamlakatdagi prezidentlik saylovlarida ishonchli g‘alaba qozondi. Bu haqda AFP agentligi ekzitpollar– saylov uchastkalarini tark etgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib yozmoqda.
So‘rovlarga ko‘ra, Meksikaning amaldagi prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning «Milliy tiklanish harakati» (MORENA) partiyasi nomzodi 57,8 foiz ovoz to‘plagan. Shu bilan birga, Sheynbaumning asosiy raqibi, «Meksika uchun kuch va yurak» o‘ng qanot partiyalari alyansidan Sochitl Galves 29,1 foiz ovoz oldi.
Uchinchi eng mashhur nomzod, «Fuqarolik harakati» partiyasidan Xorxe Alvares Maynes keyingi qarama-qarshilik uchun kurashish imkoniyatini beradigan darajada qo‘llab-quvvatlanmadi. Meksika saylov komissiyasining dastlabki natijalariga ko‘ra, byulletenlarning ikki foizi sanalgandan so‘ng Sheynbaum 60 foiz ovoz olgan.
Rasmiy ravishda, nafaqat prezident, balki Kongress quyi palatasi deputatlari, senatorlar, shuningdek, gubernatorlar va poytaxt merlari ham saylangan saylovlarning dastlabki natijalari keyinroq e’lon qilinadi. MORENA va muxolifat prezidentlikka nomzodning g‘alabasini e’lon qildi. Muxolifat Obradorni «meksikaliklarning ovozini hurmat qilishga» chaqirdi.
Sheynbaum amaldagi prezidentga yaqinlikda ayblanmoqda
61 yoshli Sheynbaum Yevropadan qochgan yahudiy muhojirlarning nabirasi. U Mexiko shahrining sobiq meri. Shu bilan birga, siyosatchi Obradorga ehtimoliy siyosiy yaqinlik munosabati bilan tez-tez tanqid qilinadi. Sheynbaumning karerasi ko‘p jihatdan iste’foga chiqqan prezident bilan bog‘liq bo‘lib, u talabalik davridan beri tanish bo‘lgan ustozini ko‘p yillar davomida qo‘llab-quvvatlagan. Shu nuqtayi nazardan, tanqidchilar Sheynbaumning siyosiy o‘yinchi sifatida mustaqilligiga shubha qilyapti.
Shu bilan birga, Obrador Meksikada o‘z lavozimida bo‘lganida, jinoyatchilik darajasi oshdi va narkokartellar faoliyati faollashdi. Bu hatto saylov kurashiga ham ta’sir qildi - «Novoy gazeta. Yevropa» nashrining yozishicha, butun saylov kampaniyasi davomida turli lavozimlarga da’vogarlik qilgan kamida 37 nomzod halok bo‘lgan. Oxirgi bunday qotillik saylov uchastkalari ochilishi arafasida sodir bo‘ldi - Michoaka shtatida noma’lum shaxslar mahalliy hokimiyat organiga nomzod Israel Degaldoni otib o‘ldirdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoroda kadastr filiali bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 11:22
-
SSV tizimida uch turdagi korrupsion jinoyat ko‘p uchrayapti
O‘zbekiston | 11:04
-
«Navoiyuran» davlat korxonasining xalqaro reytingi yangilandi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:43 / 10.06.2025
Meksikada 42 tonna metamfetamin musodara qilindi

23:16 / 05.06.2025
AQSh qurol ishlab chiqaruvchilari Meksikaga 10 mlrd dollar tovon to‘lamaydigan bo‘ldi

23:19 / 21.05.2025